Ortoped jarroh Akbarjon Mirzayev ish kabinetida

Harakatni saqlash · Hayot sifatini tiklash

Akbarjon Mirzayev,
MD, MSc, PhD

Yirik bo‘g‘imlar bo‘yicha mutaxassis — ortoped jarroh. Asosan, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, harakat cheklanishi, nostabillik va travma ya’ni jarohatlar bilan shug‘ullanadi.

Ortopedik jarrohlik bo‘yicha Germaniya, Yaponiya, Angliya, Shvetsiya, Ispaniya, Chexiya, Rossiya va Ozarbayjonda malaka oshirgan. Ilmiy yo‘nalishi — yirik bo‘g‘imlarni saqlab qolish va hujayra terapiyasi, ya’ni o‘zak hujayralarning bo‘g‘imlarni saqlab qolishdagi samaradorligi haqida.

+998 95 050 11 71

Asosiy yo‘nalishlar

Har bir bemor uchun
aniq va individual yondashuv

Zamonaviy diagnostika, dalillarga asoslangan davolash va imkon qadar tabiiy bo‘g‘im funksiyasini saqlab qolishga yo‘naltirilgan klinik amaliyot.

Klinik tajriba

Muvaffaqiyatli amaliyotlar — to‘plangan tajriba, dalillarga asoslangan yondashuv, puxta reja va multidisiplinar yondashuv natijasi. Odatda tajriba takrorlangan yillar emas, tahlil qilingan amaliyotlar soni bo‘ladi.

1500+Artroskopik amaliyot
500+Endoprotezlash
500+Bo‘g‘im saqlovchi amaliyot
500+PRP, BMAC va SVF
500+Osteosintez
300+Revizion va yiringli amaliyot

Amaliy va akademik rivojlanish

Biz dunyo tajribasini kuzatmaymiz, unda ishtirok etamiz. Yetakchi klinikalar, kadaver kurslar va kongresslarida orttirilgan bilimlarni kundalik amaliyotda, o‘z bemorlarimizga tatbiq etilishga harakat qilamiz. Buni muhim deb hisoblaymiz.

2026
Sheffield, UK

Yelka va chanoq-son endoprotezlash

Prof. Angus Wallace rahbarligida yelka endoprotezlash va 3D navigatsiya tizimlari bo‘yicha intensiv amaliy tayyorgarlik.

2026
Praga, Chexiya

ESSKA 22nd Congress

European Society for Sports Traumatology, Knee Surgery and Arthroscopy xalqaro anjumani.

2025
Madrid · Stokholm

SICOT-45 va WCORT

Ispaniya va Shvetsiyada o‘tkazilgan jahon ortopediya kongresslari ishtirokchisi.

2024
Osaka · Toshkent

ARCO va regenerativ tibbiyot

Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan SUYAK QON AYLANISHINI O‘RGANISH assotsiatsiyasini 22 yig‘ini qatnashchisi, hamda aseptik nekroz, BMAC, SVF va PRP bo‘yicha yangi avlod hujayraviy regeneratsiya protokollari muhokamasi ishtirokchisi

2023
Sankt-Peterburg · Baku

Artroskopiya va ortopediya

Arthrex laboratoriyasida tizza artroskopiyasi kadaver kursi va Orthopedic Association yillik yig‘ilishi.

2022
Dresden, Germaniya

Endoprotezlash va spinal jarrohlik

Städtisches Klinikum Dresden klinikasida Prof. Torsten Kluba rahbarligidagi kurs.

Akademik faoliyat

Amaliyot bir avlodga xizmat qiladi,
matn — o‘ntasiga.

Ilmiy yo‘nalish — yirik bo‘g‘imlarni saqlab qolish va hujayra terapiyasining samaradorligini o‘rganish hamda, ortopedik jarrohlikda sun’iy idrokni qo‘llash haqida.

Cell-Based Treatments for Avascular Necrosis kitobi
Monografiya

Avaskulyar nekrozda hujayra terapiyasini qo‘llash

Son boshchasi avaskulyar nekrozida qo‘llash mumkin bo‘lgan ortobiologik vositalar va ularning samaradorligi haqida.

Scopus va Web of ScienceTanlangan maqolalar
Q1 · 2025

Osteonecrosis of the femoral head post-COVID-19 patients: a retrospective comparative study.

Journal of Orthopaedic Surgery and Research, 20(1), 362

Q1 · 2025

Response to: “Letter to the Editor Regarding Osteonecrosis of the Femoral Head Post-COVID-19 Patients”.

Journal of Orthopaedic Surgery and Research, 20(572)

Q1 · 2026

Piezoelectric Biomaterials for Bone Regeneration: Mechanistic Insights and Preclinical Evidence.

Biomedical Materials & Devices · In Press / Accepted

Q2 · 2025

Association of Obesity with Premenopausal Breast Cancer: Analyzing Molecular Subtypes.

Archives of Breast Cancer, 12(4), 481–493

Q2 · 2026

Endothelial Dysfunction Determines Vascular Mechanisms of Metastatic Progression in Breast Cancer.

Clinical & Experimental Metastasis

01

Bemorlar uchun alohida sahifa

Tushunarli tibbiy
ma’lumotlar kutubxonasi

Hastaliklar, amaliyotlar va xavfsiz mashqlar bo‘yicha qidiriladigan batafsil kutubxona.

02

Talabalar uchun alohida sahifa

Bilimni ulashish —
kelajak uchun mas’uliyat.

Videodarslar, taqdimotlar, tanlangan adabiyotlar va akademik tashabbuslar.

JC

Jurnal klub

Yangi dalillarni
birgalikda tahlil qilamiz.

Ortoped jarrohlar yangi maqolalarni muhokama qiladigan va fikr almashadigan ilmiy makon. Unda bilimlar muntazam oshirib boriladi, klinik qarorlar esa eng yangi ilmiy dalillar bilan solishtiriladi.

CAYOTSS — Central Asian Young Orthopedic and Trauma Surgeons Society

Ilmiy hamjamiyat

Central Asian Young
Ortho & Trauma Surgeons Society

CAYOTSS — ortopediya sohasida o‘sib kelayotgan yosh avlodni sifatli ilmiy tadqiqotlarga undash, dalillarga asoslangan amaliyotni o‘rganish va targ‘ib qilishni maqsad qilgan ilmiy hamjamiyat.

Ilmiy loyihalar
01

Phase I/II, аллогенный WJ-MSC (ЦПТ) vs Arthrex ACP, частичные разрывы сухожилия надостной мышцы

02

AI-Driven Intelligent Platform for Orthopedic Rehabilitation Assessment and Personalized Recovery

Qabul va aloqa

Harakatdagi muammo haqida
birgalikda yechim topamiz.

Qabulga yozilish yoki professional hamkorlik bo‘yicha bog‘laning.

+998 95 050 11 71 E-mail yozish

Qabulga yozilish

Konsultatsiyaga ariza qoldiring

Ma’lumotlaringizni qoldiring — qisqa vaqt ichida siz bilan bog‘lanamiz.